Tekin ensiklopediya

4-Iyul, 2008

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Ziyo Uz forumi a’zolari tomonidan internetga ko‘chirilmoqda. Ushbu maqola yozilayotgan vaqtda ensiklopediyaning “M” harfigacha ko‘chirib bo‘lingandi. Istagan kishi hohlaganicha ushbu “bepul” ensiklopediyadan bemalol foydalanishi mumkin.

Bu juda ham foydali amal va ushbu xarakatni to‘xtatish kerak emas. Aksincha, qo‘ldan kelganicha yordam berish kerak. Istagan kishi ushbu masalada yordam berishi mumkin. Buning uchun hohish va qiziqishning o‘zi kifoya. Ushbu qadamni tashlagan kishilarning maqsadlari katta. Keyinchalik ushbu ensiklopediyaning PDF versiyasini yoki vebsayt shaklidagi versiyasini yaratish ilinjida yurishipti. Ushbu jarayonda kim nima bilan yordam bera olsa, yordam berish kerak deb o‘ylayman.

O‘zbek tilida blog yuritishga nima yetsin

3-Iyul, 2008

O‘zbek tilida blog yuritishdan ham qiziqarliroq narsa bormi? Albatta bor - o‘zbek tilida yuritiladigan bloglarni o‘qish. Darhaqiqat, o‘zek tilida yuritiladigan bloglar soni shu darajada ozki, biron-bir o‘zbek tilidagi blogga duch kelgan zahotiyoq behosdan ko‘zimiz yoshlanib ketadi hursand bo‘lib ketamiz. Biron-bir qimmatbaho narsani yo‘qotib uni qayta topib olganingizda qanday zavqlansangiz, o‘zbek tilidagi blogga duch kelganingizda ham mana shunday zavqlanasiz. Uning nima mavzuda ekanligi, blogning tashqi ko‘rinishiga umuman e’tibor berib o‘tirmaysiz. Chunki bu masalada tanlash huquqi unchalik ham katta emas. Bu yoqmadi, boshqasini o‘qiyman deyishning ilojisi yo‘q. Ming afsuski “haqiqiy uznet” mana shunday sanoqli bloglardan iborat.

Dunyo bo‘yicha bir kunda yuz minglab bloglar yaratiladi, nima uchun biz hech bo‘lmaganda o‘nlab bloglar yarata olmaymiz? Asosiy muammo nimada? Internet foydalanuvchilarimizda umuman hech qanday qiziqish yo‘qmikin? Axir odam o‘zi qiziqqan mavzu haqida bahslashishni juda ham xush ko‘radiku. Blog ochib, o‘sha yerda istagan mavzusida maqola yozib, o‘ziga hamfikrlarni topish, ular bilan suhbat qurish, bahslashishning nimasi yomon? Yoki bizning foydalanuvchilarmiz bir haftada 1-2 yaxshi maqola yoza olmaydigan dangasa odamlarmikin? Yoki blog yaratish masalasida ma’lum qiyinchiliklar to‘g’anoq bo‘lyaptimi?

Qanday ish yoki harakat bo‘lishidan qat’iy nazar, menimcha, eng birinchi o‘rinda hohish bo‘lishi kerak. Hohish, iroda bo‘lsa, barcha narsaga erishish mumkin. Mana shuning uchun ham odamlarda hohish uyg‘otish kerak. Bu narsani oiladan, yaqin do‘stlardan boshlash kerak. Ularga qo‘ldan kelganicha yordam berish kerak, kerakli maslahatlarni berish kerak. Blog ochish juda ham oson ish ekanligini yetkazish kerak. Blog yuritish jarayonining qiziqarli ekanligini his qilib olgach, umuman blogdan bo‘shamay qolishadi. Bu ko‘chada bekor vaqt o‘tkazib yurishdan, kompyuterda bekorchi o‘yinlarni o‘ynashdan, ma’nosiz seriallarni ko‘rishdan yuz ming marta foydali va maroqli jarayon.

Agar biror kishi blog ochish istagida yurgan bo‘lsayu, qanday ochish, qayerda ochish va hokazo muammolarga duch kelgan bo‘lsa, bemalol menga xabar berishlari mumkin - avazbek[]gmail.com. Qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Yoki mana shu mavzuga sharh qoldirishlari ham mumkin, umid qilamanki, ushbu blog o‘quvchilari ham bu borada o‘z yordamlarini ayashmaydi.

WordPress Gears

3-Iyul, 2008

WordPress.com Gearsdan foydalanmoqda.

Gears brauzer qo‘shimchasi kabi ishlaydi. Foydalanuvchi kompyuterida ma’lumotlar bazasi va fayl bazalarini yaratishi mumkin va JavaScript yordamida kerak bo‘lganda ushbu fayllarni yangilab turadi. Albatta bu jarayon brauzerda ko‘rinmaydi. WordPress.comda Gears asosan barcha tasvir va boshqa veb komponentlarini foydalanuvchi kompyuteriga joylashtiradi va natijada ular bilan ishlashni tezlashtiradi hamda internet traffigini tejaydi. Tezlikning oshirishini asosan internet tezligi sekin bo‘lgan foydalanuvchilar sezishlari mumkin. Ushbu qulaylikdan tez orada nafaqat WordPress.com blog a’zolari, balki barcha WordPress foydalanuvchilari bahramand bo‘lishlari mumkin. Chunki yaqinda chop etilishi kutilayotgan WordPress 2.6 ham Gears texnologiyasidan foydalanadigan bo‘ldi.

Firefox 3 Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

3-Iyul, 2008

Firefox brauzeri o‘zining eng mashhur brauzer ekanligini yana bir bor isbotladi. Bir necha kun oldin chiqarilgan eng yangi versiya - Firefox 3 bir sutka ichida eng ko‘p ko‘chirib olingan dastur sifatida Ginnes rekordlari kitobidan joy oldi. 18-iyun kuni 1 sutkaning ichida ushbu brauzer 8,002,530 million marta ko‘chirib olindi. Bu bilan Firefox brauzeri nafaqat rekord sohibi bo‘ldi, balki boshqa brauzerlar orasida o‘z obro‘sini anchagina mustahkamlab ham oldi. Mozilla Firefox ma’muriyati ushbu rekordda qatnashgan har bir foydalanuvchi uchun sertifikatlar ulashmoqda. Albatta bu sertifikatlar majoziy bo‘lishiga qaramay, ular haqiqatdan ham o‘z foydalanuvchilarini unutmasliklarini, ushbu foydalanuvchilarsiz bunday darajaga ko‘tarila olmasliklarini dalili sifatida tuhfa etishmoqda.

Firefox Download Day 2008

Eslatib o‘taman, Firefox brauzeri Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilib, rivojlantirib kelinmoqda. Asosan o‘zining 2-versiyasi bilan juda katta e’tiborni qarata olgan brauzer, 3-versiyasi bilan “brauzerlar urushida” eng asosiy raqib bo‘lib qolishini isbotlab berdi. Firefox 3 oldingi versiyalarda mavjud bo‘lgan hamda foydalanuvchilar tomonidan qo‘shimcha sifatida kiritilgan 15,000 dan ortiq tuzatish va qo‘shimchalardan iborat. Agar siz hozirgacha ushbu dasturdan bexabar bo‘lsangiz, darhol uni ushbu sahifa orqali ko‘chirib olishingizni maslahat beraman. Maqolaning davomi »

WordPress 2.6 Beta 2

2-Iyul, 2008

WordPressning 2.6 versiyasining tez orada nashr etilishi va hozirgacha uning birinchi “beta” versiyasi chop etilganligi haqida xabardor bo‘lib ulgurgan bo‘lsangiz, mana ikkinchi beta ham tayyor. Undagi o‘zgarishlar quyidagilardan iborat:

* Tasvir biriktirish va tahrirlash borasida tuzatishlar
* SSL borasida tuzatishlar
* i18n borasida tuzatishlar
* Avtomatik tarzda rukn maslahat berish funktsiyasini rivojlantirish
* jQuery UI 1.5.1 va hokazolar.

Barcha tuzatishlar bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Agar yuqoridagi tuzatishlarni o‘z blogingiz orqali his etmoqchi bo‘lsangiz, kutilayotgan 2.6-versiya tomonidan esayotgan shamoldan bahramand bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, darhol WordPress 2.6 Beta 2 nashrini ko‘chirib oling.

Kompyuterdan uzoqdagi dizayn

13-Iyun, 2008

Yoqadimi-yo’qmi, hayot bizni ko’pincha kompyuterdan uzoqlashtiradi. Uydan tashqariga hamda buyuk tabiat qo’yniga. Faqatgina Eyedropper asbobi qo’l ostida emasligi sizning ichki dizaynerlik hissiyotingizni cheklashingizga sabab bo’la olmaydi. Ushbu maqolada kompyuterdan uzoqda bo’lgan paytlaringizda qanday qilib dizayn bilan hamnafas bo’lishingiz mumkin bo’lgan yechimlar keltirilgan.

Daftar va qalam olib yuring

Field Notes daftar mahsuloti
Ajoyib ideyani yozib olishga ulgurmasdan, boshqa fikrlar oqimi orasida uni yo’qotib qo’yishdan yomonroq vaziyat bo’lmasa kerak. Kompyuterda bo’lsangiz, tug’ilgan qimmatbaho fikrlaringizni darhol kiritib qo’yishingiz osonroq kechadi, lekin uzoqdaligingizda eng yaxshi asbob bu sizning ishonchli daftar va qalamingizdir. Field Notes juda ham qoyilmaqom qilib ishlab chiqarilgan, dizaynerbop daftarlar sirasiga kiradi.
Maqolaning davomi »

Blogservis

1-Iyun, 2008

UzNetda yangi blogservis paydo bo‘ldi. Blogger.uz vebsayti orqali hohlagan kishi subdomain.blogger.uz shaklida o‘z blogiga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun givemeasubdomain@blogger.uz elektron qutisiga xabar yo‘llashingiz kifoya. Shaxsiy blogingizni yaratishda, uni boshqarishda va rivojlantirishda qo‘limizdan kelganicha yordam berishga harakat qilamiz, shuning uchun blog nimaligini tushunmaydiganlar ham tortinmasdan murojaat qilishlari mumkin.

WordPress 2.5.1

28-Aprel, 2008

WordPressning 2.5.1 versiyasi e’lon qilindi. Ushbu nashrda bir nechta mayda xatoliklar bilan birgalikda bir muhim xavfsizlik xatosi to‘g’rilandi. Agar haligacha blogingizni yangilamagan bo‘lsangiz, darhol yangilashingizni maslahat beraman. WordPressning so‘nggi versiyasini ushbu manzildan ko‘chirib olishingiz mumkin.

Webware 100 tanlov g‘oliblari aniqlandi

26-Aprel, 2008

Webware Winner

Bundan bir necha hafta oldin Webware 100 tanlovi haqida aytib o‘tgandim. Ushbu tanlovda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha har bir yo‘nalish doirasida 10 tadan eng zo‘r dasturlar ovoz berish asosida g‘olib deb aniqlanadi. Barcha yo‘nalishdagi g‘oliblar ro‘yxati bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin. WordPress esa albatta “Publishing and Photography” yo‘nalishida g‘olib deb topildi. WordPressga shon-sharaflar bo‘lsin! :)

Colourise

11-Aprel, 2008

Colourise Free WordPress theme

Colourise ikki ustunli shablon bo‘lib, widjetlar yordamida bemalol ishlaydi. Ushbu shablon Styleshout tomonidan yaratilgan va Theme Lab tomonidan WordPress uchun moslangan.

Demo | Yuklab olish