WordPress yordamida o‘zbekcha blog yaratish haqida batafsil yo‘riqnoma
Blog yordamida daromad topish, mashhur bo‘lish yoki boshqa masalalardan ham oldin qanday qilib blog yaratish borasida aytib o‘tsam. Fahmlaganingizdek, o‘zbek tilida to‘laligicha WordPress blogini yaratish haqida gap ketyapti va bu mavzuda hech qayerda to‘liq ma’lumot mavjud emas. Bu maqola internetda ushbu mavzudagi eng birinchi maqola hisoblanadi.
Demak, boshladik:
- WordPressni saytdan yuklab olgandan keyin, uni arxivlangan fayldan ajratib olish kerak bo‘ladi;
- So‘ng, WordPress uchun maxsus ma’lumotlar bazasini yaratasiz, agar mavjud bo‘lsa uning tegishli joylarini o‘zgartirishingiz mumkin;
wp-config-sample.phpfayliniwp-config.phpdeb qayta nomlang;wp-config.phpfaylini o‘zingiz istagan matn tahrirlash dasturida oching va ma’lumotlar bazasiga tegishli ma’lumotlarni kiriting;- WordPress fayllarini veb serverdagi istalgan joyga yuklashingiz mumkin:
- Agar siz WordPressni to‘g‘ridan-to‘g‘ri domenga (
http://example.com) o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, u holda arxivdan ajratib olingan WordPress fayllarini veb serverning bosh katalogiga yuklashingiz lozim; - Mabodo WordPressni boshqa bir katalog ichiga o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, o‘z-o‘zidan, WordPress fayllarini bosh katalog ichida yaratilgan tegishli katalog ichiga yuklaysiz. Masalan, bosh katalog ichidagi “blog” deb nomlangan katalog ichiga (
http://example.com/blog) o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, WordPress fayllarini “blog” deb nomlangan katalog ichiga yuklashingiz lozim.
- Agar siz WordPressni to‘g‘ridan-to‘g‘ri domenga (
- Istalgan veb brauzer yordamida
wp-admin/install.phporqali WordPressni o‘rnatishingiz mumkin.- Agar siz WordPressni bosh katalog ichiga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu manzilga boring:
http://example.com/wp-admin/install.php - Agar siz WordPressni bosh katalog ichidagi
blogkatalogiga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu manzilga boring:http://example.com/blog/wp-admin/install.php
- Agar siz WordPressni bosh katalog ichiga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu manzilga boring:
uz_UZ.mofaylini ko‘chirib oling;wp-config.phpfaylini matn tahrirlash dasturi orqali oching va quyidagi qatorni toping:define ('WPLANG', '');- ushbu qatorni quyidagi shaklda o‘zgartiring:
define ('WPLANG', 'uz_UZ'); - Faylni saqlang.
- Serverda
/wp-contentyoki/wp-includesichida/languagesnomli katalog yarating; uz_UZ.mofaylini/languageskatalogiga joylashtiring;- yuqorida o‘zgartirilgan
wp-config.phpfaylini o‘z joyiga qayta joylashtiring. - WordPress SVN manzilidan default-uz-latin shablonini yuklab olamiz;
- Ushbu shablonni
/wp-content/themes/katalogiga joylashtiramiz; - Boshqaruv panelidagi Shablonlar (Themes) bo‘limidan hozir joylashtirgan shablonimizni tanlagan holda aktivlashtiramiz.
Endi WordPress hech qanday muammosiz o‘rnatilishi kerak.
Endi esa WordPressni o‘zbekchalashtirish uchun quyidagi yo‘riqnomadan foydalanishingiz mumkin:
Saytni o‘zbek tilida ko‘rish uchun uni qayta oching.
Izoh: Agar yuqoridagi bosqichlarni bajarilishida xato mavjud bo‘lsa, yoki noto‘g‘ri tilni tanlagan bo‘lsangiz, WordPress qanday tilda bo‘lsa, shu tilda qoladi.
Mana, endi blogingizga bir nazar tashlasangiz uning boshqaruv paneli to‘laligicha hamda bosh sahifasi qisman o‘zbek tilida ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Endi ushbu vazifani oxiriga yetkazib qo‘yish uchun so‘nggi qadam qoldi holos. Qani, kettik.
Bundan oldingi maqolada yozilganidek, WordPressning uzbmaster o‘zbek tiliga tarjima qilingan Default shablonini o‘rnatamiz:
Mana endi blogingizni qaytadan ochsangiz, butunlay o‘zbek tilidagi yap-yangi blog egasi bo‘lasizu-qolasiz.
Agar ushbu yo‘riqnomada qandaydir kamchiliklar bo‘lsa, yoki unga tegishli fikr va mulohazalaringiz mavjud bo‘lsa, bemalol sharh qoldirishingiz mumkin.
Ruknlar: o'rnatish, shablon, til, WordPress, Yo‘riqnoma