‘WordPress’ bo’limi uchun arxiv

WordPress Gears

Payshanba, Iyul 3rd, 2008

WordPress.com Gearsdan foydalanmoqda.

Gears brauzer qo‘shimchasi kabi ishlaydi. Foydalanuvchi kompyuterida ma’lumotlar bazasi va fayl bazalarini yaratishi mumkin va JavaScript yordamida kerak bo‘lganda ushbu fayllarni yangilab turadi. Albatta bu jarayon brauzerda ko‘rinmaydi. WordPress.comda Gears asosan barcha tasvir va boshqa veb komponentlarini foydalanuvchi kompyuteriga joylashtiradi va natijada ular bilan ishlashni tezlashtiradi hamda internet traffigini tejaydi. Tezlikning oshirishini asosan internet tezligi sekin bo‘lgan foydalanuvchilar sezishlari mumkin. Ushbu qulaylikdan tez orada nafaqat WordPress.com blog a’zolari, balki barcha WordPress foydalanuvchilari bahramand bo‘lishlari mumkin. Chunki yaqinda chop etilishi kutilayotgan WordPress 2.6 ham Gears texnologiyasidan foydalanadigan bo‘ldi.

WordPress 2.6 Beta 2

Chorshanba, Iyul 2nd, 2008

WordPressning 2.6 versiyasining tez orada nashr etilishi va hozirgacha uning birinchi “beta” versiyasi chop etilganligi haqida xabardor bo‘lib ulgurgan bo‘lsangiz, mana ikkinchi beta ham tayyor. Undagi o‘zgarishlar quyidagilardan iborat:

* Tasvir biriktirish va tahrirlash borasida tuzatishlar
* SSL borasida tuzatishlar
* i18n borasida tuzatishlar
* Avtomatik tarzda rukn maslahat berish funktsiyasini rivojlantirish
* jQuery UI 1.5.1 va hokazolar.

Barcha tuzatishlar bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Agar yuqoridagi tuzatishlarni o‘z blogingiz orqali his etmoqchi bo‘lsangiz, kutilayotgan 2.6-versiya tomonidan esayotgan shamoldan bahramand bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, darhol WordPress 2.6 Beta 2 nashrini ko‘chirib oling.

WordPress 2.5.1

Dushanba, Aprel 28th, 2008

WordPressning 2.5.1 versiyasi e’lon qilindi. Ushbu nashrda bir nechta mayda xatoliklar bilan birgalikda bir muhim xavfsizlik xatosi to‘g’rilandi. Agar haligacha blogingizni yangilamagan bo‘lsangiz, darhol yangilashingizni maslahat beraman. WordPressning so‘nggi versiyasini ushbu manzildan ko‘chirib olishingiz mumkin.

Webware 100 tanlov g‘oliblari aniqlandi

Shanba, Aprel 26th, 2008

Webware Winner

Bundan bir necha hafta oldin Webware 100 tanlovi haqida aytib o‘tgandim. Ushbu tanlovda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha har bir yo‘nalish doirasida 10 tadan eng zo‘r dasturlar ovoz berish asosida g‘olib deb aniqlanadi. Barcha yo‘nalishdagi g‘oliblar ro‘yxati bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin. WordPress esa albatta “Publishing and Photography” yo‘nalishida g‘olib deb topildi. WordPressga shon-sharaflar bo‘lsin! :)

WordPress 2.5 brecker!

Yakshanba, Mart 30th, 2008

Mana nihoyat WordPress 2.5 nashrdan chiqdi. Blogingizni yangilashdan oldin barcha plaginlaringizni aktivsizlashtiring va yangilab bo‘lgandan so‘ng, birma-bir aktivalshtirib chiqing. Har bir plaginni aktivlashtirgandan so‘ng, blogingizni ishlashini tekshirib ko‘ring.

WordPressning yangi versiyasi bilan birgalikda WordPressning rasmiy vebsayti ham yangilandi. Codex sahifalari hali ham eski dizaynda, lekin 1-2 kunda u ham yangi dizayn bilan uyg‘unlashtiriladi.

WordPress 2.5 haqidagi o‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin!

WordPress 2.5 RC3

Shanba, Mart 29th, 2008

Bugun WordPress 2.5 RC3 nashrdan chiqdi. Testerlar ko‘chirib olib, sinab ko‘rishingiz mumkin.

Lokal tarmoqda sinab ko‘rishingizni maslahat beraman. Chunki turli hil shablonlar hamda plaginlar WordPressning yangi versiyasiga tayyor emas. Shablon/Plaing mualliflari 2.5 da muammosiz ishlayapti degan taqdirda ham ehtiyot bo‘lishingizni maslahat beraman. O‘zim shunday muammoning guvohi bo‘ldim. Ma’lum shablon hamda plagin muammo bilan ishlayotgandi, muallifiga bu haqda xabar bersam, unda muammosiz ishlayotganiga ishontirdi. 2 kunlik izlanishdan so‘ng baribir muammo o‘sha shablonlar va plaginlarning o‘zida ekanligiga amin bo‘ldim.

Hullas, havotirsiz ishlatish uchun to‘liq versiyasini kutishingizni maslahat qilgan bo‘lardim.

WordPress 2.5 RC2

Chorshanba, Mart 26th, 2008

WordPress 2.5 RC2 nashrdan chiqdi. 2.5 versiyaning ko‘rinishini ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin.

WordPress 2.5 uchun tayyorgarlik

Chorshanba, Mart 19th, 2008

Avvalgi maqolada aytib o‘tganimdek, WordPress 2.5 kechikyapti, lekin 1-2 hafta ichida nashr etiladi. Shuning uchun blogingizni WordPressning yangi versiyasiga tayyorlash borasida ba’iz-bir maslahatlarni berib o‘tmoqchiman. (Blogheraldning‘dagi ushbu maqolasi asosida.)

1. Uyg‘unlikni tekshiring: Blogingizdagi mavjud plagin va shablonlarning yangi versiya bilan uyg‘unligini tekshirib ko‘ring. Agar siz o‘rnatgan plagin yoki shablon ushbu ro‘yxatlarda mavjud bo‘lmasa, mualliflarining saytlaridan yangi versiyalarni qidirib ko‘ring.

2. Plagin/Shablonlarni yangilang: WordPress Kodeksida ushbu jarayon haqida batafsil aytib o‘tilgan.

3. Yangilashdan oldin tekshirib ko‘ring: Bunda sizga Wordpress Upgrade Preflight Check plagini juda ham qo‘l keladi. Hozircha ushbu plagin faqat 2.3.3 versiyagacha tekshiradi, lekin plagin muallifining gapiga ko‘ra, WordPress 2.5 nashrdan chiqishi bilan ushbu versiya uchun ham tekshiradigan bo‘ladi.

4. Eski plaginlarni o‘chirib tashlang: Agar sizda ishlatilmayotgan plaginlar mavjud bo‘lsa, barchasini o‘chirib tashlang. Agar ular eskirgan bo‘lsa, darhol yangilab oling.

5. Plaginlar ro‘yxatini yozib oling: Plaginlar sahifasini ochib, barcha plaginlar ro‘yxatini yozib oling. Mabodo ushbu plaginlaringiz o‘chib ketadigan bo‘lsa, ushbu ro‘yxat orqali qaysi plaginlar bilan ishlaganingizni darhol bilib olasiz. (Albatta bunday hodisa yuz bermasligi mumin)
(more…)

WordPress 2.5 kechiktirildi

Chorshanba, Mart 19th, 2008


Creative Commons License photo credit: sabandija in da house

Hammamiz intiqib kutgan 17-mart ham o‘tib keldi, lekin 2.5 nashr etilmadi. Hozircha faqat 2.5RC. Aslida WordPress 2.5 10-martda nashrdan chiqishi kerak edi. Lekin 2.5 qanday bo‘lishi haqida hozirdanoq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun WordPress 2.5RC1 versiyasini ko‘chirib olgan holda o‘zgarishlarga ko‘z yugurtirib chiqishingiz mumkin. Oldin ham aytib o‘tganimdek, asosiy o‘zgarishlar WordPressning boshqaruv paneliga tegishlidir. Boshqaruv panelining ranglarini o‘zgartirishingiz mumkin, plaginlarni juda ham oson(one-click) ravishda yangilashingiz mumkin, RSS orqali maqolalarni to‘liq ravishda ko‘rsatishingiz mumkin va hokazolar. WordPressning rivojlantirish blogida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Bundan tashqari yana bir narsani ta’kidlab o‘tish joizki, yangi dizayn ustida Happy Cog hodimlaridan Jeffrey Zeldman, Jason Santa Maria hamda Liz Danzicolar ijod qilishgan. Bu degani dizaynga gap bo‘lishi mumkin emas :)

Blogingizni himoyalash usullari

Dushanba, Mart 10th, 2008

Hammamizga ma’lumki, xavfsizlik har qachon birinchi o‘rinda turadi. Uyda ham, maishiy hayotda ham, hamma-hamma narsada xavfsizlik eng muhim o‘rin tutadi. Huddi shu narsa sizning blogingizga ham tegishli. Ushbu maqola orqali blogingizni himoyalash borasida muhim maslahatlarni yetkazmoqchimiz.

  1. Hech kim sizning butun serveringizni qidirish imkoniga ega bo‘lmasligi kerak.

    < ?php echo $_SERVER ['PHP_SELF']; ?>

    search.php faylidagi ushbu kod o‘rniga quyidagi funktsiyadan foydalaning:

    < ?php bloginfo ('home'); ?>

  2. WP-kataloglarini qidiruv tizimlari tomonidan indeksatsiya qilinishini oldini oling. Buning uchun robots.txt fayliga quyidagi qatorni kiritishni unutmang:

    Disallow: /wp-*

    Robots.txt faylini qanday yaratish bo‘yicha ushbu maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

  3. Blog kataloglari hech qachon boshqalar uchun ko‘rinmasligi kerak. Masalan, plaginlar katalogi ochiq bo‘lsa, blogingizdagi barcha plaginlar ro‘yxati hamma uchun ochiq holatda ko‘rinadi, ushbu plaginlarning birida xavfsizlik muammosi mavjud bo‘lsa, bundan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin. Shuning uchun /plugins/ katalogiga bo‘sh index.html faylini tashlab qo‘ying.

(more…)